AQShning Los-Anjeles shahrida politsiyachilar “Tez yordam” seriali orqali tanilgan aktrisa Vanessa Markesni o‘z uyida otib o‘ldirdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Politsiyachilar psixika buzilishidan aziyat chekkan 49 yoshli aktrisaning uyiga uy egasining iltimosiga ko‘ra kelgan. Uy egasi aktrisaning holidan xabar olish uchun shunday yo‘l tutgan.
Politsiyachilar va psixiatrlar bir yarim soatdan ko‘proq shifokorlardan yordam olishga ko‘ndirishga uringan.
Muloqot davomida Markes pnevmatik to‘pponchani olib, uni politsiyachilarga o‘qtalgan. Politsiyachilar esa qurolni haqiqiy deb o‘ylagan va aktrisani otib tashlagan.
Markes olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Vanessa Markes “Tez yordam” serialidagi Vendi Goldman roli bilan tomoshabinlarga tanilgan.
Izoh (0)