Afg‘onistonda NATOning “Qat’iy qo‘llab-quvvatlash” (Resolute Support) tinchlikparvarlik missiyasiga 2-sentabr, yakshanba kuni amerikalik general Skott Miller yetakchilik qildi. U Jon Nikolsonning o‘rnini egalladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kobuldagi marosimda chiqish qila turib, Miller qat’iy qarorlar qabul qilishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. U mamlakatda siyosiy yarashuv shart-sharoitlarini ta’minlash uchun harbiy bosim zarurligini ta’kidladi.
Millerga NATOning Afg‘onistonda joylashgan 16 ming harbiy xizmatchisi bo‘ysunadi. Ular asosan hukumat qo‘shinlari askarlarini tayyorlash va o‘qitish bilan shug‘ullanadi.
Bunga qadar Pentagon Maxsus operatsiyalar birlashgan qo‘mondonligiga boshchilik qilgan Miller Afg‘onistonda g‘arb koalitsiya kuchlarining to‘qqizinchi amerikalik qo‘mondoni bo‘ldi.
Izoh (0)