Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bortida 164 yo‘lovchi bo‘lgan Utair aviakompaniyasining Moskvadan uchib kelayotgan Boeing 737 samolyoti Sochi aeroportiga qo‘nayotgan paytda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, daryo o‘zaniga quladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Samolyotning shassi tirgaklari va qanoti singan, chap dvigatel yongan. Laynerning burun qismiga ham shikast yetgan.

Samolyot bortidagilardan hech kim halok bo‘lmagan, ammo qutqaruv ishlari vaqtida Sochi aeroporti xodimi vafot etgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Bortda bo‘lgan 164 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi evakuatsiya qilingan. Hodisa oqibatida 18 kishi jarohatlangan, ulardan 3 nafari bolalardir. Hozir jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ularning sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayotgani aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konditsionerlarni eng ko‘p qaysi davlatga sotayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
“Barselona” transferlari uchun klublardan 142 million yevro qarz
Dunyo
AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida...