Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Davlat qabul komissiyasining 2018-yil 28-avgustdagi 8-son bayoniga muvofiq 2018/2019-o‘quv yilida xorijiy OTMlardan O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash bo‘yicha joriy yilning 24—25-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari 68,0 dan yuqori bo‘lgan fuqarolar yozgan arizalari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan OTMlarda o‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Telegram-kanalida xabar berildi.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

56,7 balldan 68,0 ballgacha to‘plagan fuqarolar viloyatlardagi OTMlarning mos yoki turdosh ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

56,7 balldan kam ball to‘plagan fuqarolar esa oshirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari asosida 2018/2019-o‘quv yilida yozgan arizalari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan OTMlarda o‘qishlarini davom ettirishi mumkin.

Fuqarolardan o‘qishining ko‘chirilishi yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun yozgan arizalari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan OTMlarga joriy yilning 30-avgustidan boshlab murojaat qilishlari so‘raladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov