NATO yangi shtab-kvartirani AQShning marhum senatori Jon Makkeyn sharafiga nomlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Buyuk Britaniya parlamentidagi Konservativ partiya a’zosi Tom Tagendxet senatorning o‘limidan so‘ng tegishli talabnomani NATOga yubordi. U Britaniya parlamentining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasiga rahbarlik qiladi.
Alyans matbuot kotibi Oana Lungesku NATO talabnomani olganligi va uni diqqat bilan ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Makkeyn uzoq vaqt davomida Shimoliy Atlantika alyansini ommalashtirishda yetakchi ovoz bo‘lib kelgan. U NATO va ittifoqda Yevropaning boshqa mamlakatlari a’zoligini kengaytirish tarafdori bo‘lgan.
Izoh (0)