Bugun, 30-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston nomiga navbatdagi oltin medalni Osiyo o‘yinlarining 3 karra g‘olibi Vadim Menkov keltirdi. Vadim kanoeda 1000 metr masofaga eshkak eshishda birinchi bo‘ldi. U O‘zbekiston 4 marta Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan ilk sportchiga aylandi.
Shu tariqa O‘zbekiston nomiga 13-oltin medal ham yozib qo‘yildi. Delegatsiya hisobidagi medallar esa 47 taga yetdi,
Izoh (0)