Toshkent shahrining Uchtepa tumanida shu yil 29-iyun kuni noma’lum shaxslar Chilonzor 11-dahasida bezorilik oqibatida L.K. ism-sharifli ayolning yuziga kislota suyuqligini sepib, jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
L.K. ushbu hodisadan so‘ng kasalxonaga yotqizildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi N.A., Sh.N., D.A. va H.A. sodir etganliklari aniqlandi.
Mazkur shaxslar qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)