O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni vertolyotda Toshkent viloyatini aylandi.
Airbus Helicopters H175 vertolyotining suratlari Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Airbus Helicopters H175 vertolyotlari 2005-yildan boshlab fransuz aviasozlari tomonidan ishlab chiqariladi. Vertolyot 2009-yilda ilk marta sinovdan o‘tkazilgan. O‘shanda havo kemasining uchish-texnik ko‘rsatkichlaridan ishlab chiqaruvchining ko‘ngli to‘lmagan. Shuning uchun ham mazkur turdagi vertolyotlar qo‘shimcha qayta ishlovdan so‘ng ya’ni 2014-yildan boshlab keng jamoatchilikka taqdim etilgan.
Airbus Helicopters H175 bortiga 2 nafar ekipaj a’zolaridan tashqari 16—18 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi.
Izoh (0)