Bugun, 29-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirildi.
Boks bo‘yicha musobaqalarda 75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov chorak finalda eronlik Saidshahin Mousaviga qarshi ringga chiqdi. Madrimov jangda katta ustunlikka erishgan holda g‘alabaga erishdi. Hakamlar bir ovozdan Madrimovning 5:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etdi.
Shu tariqa Isroik ham bugungi janglarda ishtirok etgan Hasanboy Do‘stmatov, Miraziz Mirzahalilov va Iqboljon Xoldorov singari yarim finalga yo‘l oldi.
Mazkur natijalardan so‘ng endi O‘zbekistonning 7 nafar bokschisi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadigan bo‘ldi.
Izoh (0)