Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 6-sentabr kuni futbol bo‘yicha Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘yinga “Milliy”(sobiq “Bunyodkor”) stadioni mezbonlik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
Mazkur bahs uchun chiptalar bugun, 29-avgustdan boshlab sotuvga chiqariladi. O‘FA matbuot xizmatiga ko‘ra, chiptalar narxi toifasiga qarab 20 ming, 25 ming va 50 ming (CIP) so‘mni tashkil qiladi.
Chiptalarni stadion kassalaridan xarid qilish mumkin. Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida bozorlar, savdo majmualari oldida sayyor kassalar ham tashkil etilishi ta’kidlanadi xabarda.
Izoh (0)