25-avgust kuni Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan “Olot neft-gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MChJ jamoasi ish olib borayotgan “To‘maris 1” izlov-qidiruv qudug‘idan sanoat darajasidagi gaz chiqdi. Bu haqda MChJ vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ayni paytda gaz 325 atmosfera bosimida chiqmoqda. “To‘maris 1” maydoni esa kon deb e’lon qilindi. Endilikda bu maydonda yana izlov-qidiruv ishlari jadallik bilan olib boriladi.
Izoh (0)