Vashington Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni to‘liq to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda 28-avgust, seshanba kuni AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.
Uning so‘zlariga qaraganda, Shimoliy Koreya bilan muzokaralar sababli yirik manyovrlarning bir qismi vaqtincha to‘xtatilgan, biroq boshqalari davom etmoqda.
Vazir, shu bilan bir paytda, hozirda AQShning boshqa biror-bir manyovrlarni to‘xtatish rejalari yo‘qligini ta’kidladi. Mettis hozircha kelgusi yilga taalluqli hech qanday qarorlar qabul qilinmaganligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)