Bayram kunlari O‘zbekiston chegaralarini kesib o‘tish avvalgi ikki yil kabi erkinligicha qoladi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlaridagi manba ma’lum qildi, deya habar beradi “Gazeta.uz”.
“Hech qanday cheklovlar, hech qanday yopiq chegaralar bo‘lmaydi”, — deya ishonch bildirdi suhbatdosh.
U chegaralar hech qachon to‘liq yopilmagani, faqatgina ularni kesib o‘tishda vaqtinchalik cheklovlar bo‘lganini ma’lum qildi.
Manbaning qayd etishicha, bu kabi cheklovlar 2016-yildan buyon qo‘llanilmayapti.
Izoh (0)