Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qarori (ro‘yxat raqami 2439−6, 2018-yil 20-avgust) bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumot yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan umumiy yer maydoni bo‘yicha gektarda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar bilan to‘ldirildi.

Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lmagan yerlar uchun to‘lanadigan yer solig‘i hisob-kitobiga 1-ilova qurilishi tugallanmagan obyektlar bilan band bo‘lgan yer maydonlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar aks ettiriladigan uchta ustun bilan to‘ldirildi. Bunday obyektlar bo‘yicha yer solig‘i uch baravar stavkada to‘lanadi (Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismi).

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning II choragidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llaydigan yuridik shaxslar ham yer solig‘ini to‘laydigan bo‘ldi. Ular Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi o‘rniga tashkil etilgan, 2018-yilda 2-apreldagi PF-5392-son farmonning 2-bandi) tomonidan aniqlangan yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘ini Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismida belgilangan tartibda to‘laydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari