Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-iyul kuni Sharqiy Attikada yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 97 kishiga yetdi. Bu haqda Gretsiya o‘t o‘chirish xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

O‘t o‘chiruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, 78 yoshli erkak shifoxonada vafot etgan.

“Hozirgi paytda Sharqiy Attikada yong‘in qurbonlari soni 97 kishiga yetdi. Attika shifoxonalarida hozirgi paytga qadar yong‘indan jabrlangan 14 kishi vafot etdi”, — deyiladi o‘t o‘chirish xizmati xabarida.

Yong‘in joyida aniqlangan 83 nafar halok bo‘lganlar jasadlarining shaxsi aniqlangan.

Gretsiyada 23-iyul kuni bir nechta yirik yong‘in yuz berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi