Bugun, 27-avgust sanasida Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha musobaqalarida yana bir o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-75 kg vaznda ringga chiqqan Isroil Madrimov mo‘g‘ulistonlik Davasuren Davanyamni yaqqol ustunlik bilan (5:0) mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Uning navbatdagi raqibi eronlik Saidshahin Musaviy bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, shuningdek, -49 kg vazn toifasida Hasanboy Doʻsmatov, -56 kg vaznda Miraziz Mirzahalilov va -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorovlar ham janglarda ishtirok etdi. Ularning barchasi raqiblaridan ustun kelib, chorak finalga chiqdi.
Izoh (0)