Idlib deeskalatsiya zonasidan o‘tgan sutkalar ichida 714 nafar qochoq olib chiqib ketildi. Bu haqda Qochoqlarni qabul qilish, taqsimlash va joylashtirish markazi axborot byulletenida so‘z yuritiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Idlib deeskalatsiya zonasidan 714 nafar qochoq (245 nafar ayol, 338 nafar bola), 10 ta texnika olib chiqildi”, — deyiladi 26-avgust, yakshanba kuni chop etilgan xabarda.
Bundan tashqari, markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilning 30-sentabridan buyon Suriya hududida 1 million 220 ming 359 nafar ichki ko‘chmanchi o‘z uyiga qaytgan.
Izoh (0)