Eron g‘arbidagi zilzilada jabrlanganlar soni 310 kishiga yetdi, uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda shifokorlarga tayanib, Eronning IRIB agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq 243 nafar yaralagan va uch kishi halok bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Kirmonshoh viloyatida sakkizta qishloq elektrsiz qolgan. Viloyatning ko‘plab qismlarida suv uzatish tizimi faoliyatida uzilishlar yuzaga kelgan.
Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy telefon orqali suhbatda IIV rahbari va Kirmonshoh viloyati gubernatorini zilziladan jabrlanganlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish, ular uchun yordam markazlarini tashkil etish, shuningdek, mintaqadagi vaziyatni yaqin vaqt ichida tartibga solishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 26-avgust, yakshanbaga o‘tar kechasi Eron g‘arbida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi.
Izoh (0)