Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron janubi-sharqidagi Seyiston va Belujiston viloyatida qum bo‘roni 171 kishining shifoxonaga yotqizilishi va ba’zi aviareyslarning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, IRNA agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

20-avgustdan buyon jami 810 kishi nafas olish yo‘llari, ko‘z va yurak kasalliklari yuzasidan shikoyatlar bilan viloyatdagi shifoxona va tibbiy markazlarga murojaat qilgan. Ulardan 639 nafariga ambulator davo muolajalari tayinlangan.

Seyiston va Belujiston aeroportlari hamda Zobul va Eronshahr shaharlari o‘rtasidagi reyslar qum bo‘roni sababli bekor qilingan. Shuningdek, Zobul—Nixbandon trassasining 700 metrga yaqin qismi qum bilan to‘silib qolgan.

Qum bo‘roni 29-avgust, chorshanba kuniga kelib kuchayishi ma’lum qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)