Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Rohat” bekati yaqinida 110-avtobusdan pag‘a-pag‘a tutun chiqayotgani aks etgan video tarqalgan edi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Ko‘plab foydalanuvchilar yana bir Mercedes avtobusi yonib ketganini taxmin qildi. Ammo “Toshshahartransxizmat” vakili bu versiyani rad etib, hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.
“23-avgust kuni 110-avtobus haydovchisi “Rohat” bekatiga kirishda odatdagidek avtobus damini chiqargan, ammo natijada texnik nosozlik yuzaga kelgan va taqsimlagichdan kichik hajmdagi havo o‘rniga, havoning hammasi chiqib ketgan. Bu vaziyatdan qo‘rqib ketgan haydovchi avtobusning chap bortini o‘to‘chirgich bilan sovitgan, shu sababli videorolikda ko‘ringan chang paydo bo‘lgan”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in yuzaga kelgan taqdirda, mashina yorqin alanga bilan yongan bo‘lardi, videorolikda esa faqat oq chang massasi ko‘ringan xolos.
Ayni paytda avtobus park avtoservisida bo‘lib, taqsimlash tizimidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Izoh (0)