• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Oliy sudi Plenumi: nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega emas

    2018-yil 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovga tayanib.

    Foto: Oliy sud matbuot xizmati

    Foto: Oliy sud matbuot xizmati

    Oliy sud raisi K. Komilov olib borgan majlisda yangi tahrirdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida” va “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi Oliy sud Plenumi qarorlari loyihalari muhokama qilindi.

    Xususan, Plenum majlisida muhokama etilgan “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgani hamda tergov-sud amaliyotida ayrim muammolar kelib chiqayotgani munosabati bilan ishlab chiqildi. Mazkur qaror loyihasi bilan sudlarning e’tibori shaxsning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda belgilangan tartibda isbotlangunga qadar aybsiz hisoblanishi haqidagi Konstitutsiyada mustahkamlangan aybsizlik prezumpsiyasiga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilmoqda. Shu munosabat bilan har bir ish bo‘yicha ish yurituvda jinoyat-protsessual qonuni normalariga qat’iy amal qilish shartligi to‘g‘risidagi Jinoyat-protsessual kodeksining 11-moddasida (qonuniylik) belgilangan talablarga surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud tomonidan qat’iy rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.

    Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonun normalarini aniq bajarish va unga rioya etishdan har qanday chekinish, u qanday sababga ko‘ra, yuz berganligidan qat’i nazar, shu yo‘l bilan olingan dalillarning nomaqbul (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi. O‘z navbatida, nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmay, ulardan Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qo‘yish mumkin emas. Shu munosabat bilan Plenum qarori loyihasida isbot qilish jarayonida dalillarning maqbulligi to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal etish muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

    Dalillar maqbulligining shartlari esa, quyidagilardan iborat: dalil tegishli subyekt tomonidan, ya’ni dalilni olish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual harakatni o‘tkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lishi; faktga oid ma’lumotlar faqat Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasining (dalillarning turlari) 2-qismida qayd etilgan manbalardan olingan bo‘lishi; dalil uni olish bilan bog‘liq protsessual harakatni o‘tkazishga oid qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan bo‘lishi; dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan bo‘lishi. Plenum qarori loyihasida dalillar maqbulligiga taaluqli yuqorida sanab o‘tilgan shartlardan birortasiga amal qilmaslik dalilning nomaqbul deb topilishiga asos bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

    Shuningdek, yig‘ilishda Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilgani, sud amaliyotida ayrim masalalar kelib chiqayotgani hamda qonun normalarini amalda bir xil qo‘llash va yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi Plenum qarori loyihasi ham ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi. Ushbu qaror loyihasida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning ishi yuqori instansiya sudida qayta ko‘rilishiga bo‘lgan huquqlari ta’minlanishiga qaratilgan muhim huquqiy vositasi hisoblanishi qayd etilmoqda. Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi va qonuniy vakili, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar hamda ular vakillarining shikoyati, shuningdek, prokuror va uning o‘rinbosari protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi. Apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq hukmning o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ular jumlasiga qonunda belgilangan tartibda protsessning u yoki bu ishtirokchisi sifatida e’tirof etilmagan, biroq o‘zining haqiqiy holatiga ko‘ra sud himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) kiradi. Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini tekshirishi shart. Qonunga ko‘ra apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi.

    Ma’lumki, fuqarolik ishlarini tegishlicha va to‘liq ravishda sud muhokamasiga tayyorlashni amalga oshirish haqidagi qonun talablariga rioya qilish, ishni belgilangan muddatda ko‘rish va qonuniy hal etishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Plenum majlisida muhokama etilgan “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlashni tartibga soluvchi qonun normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Fuqarolik protsessual kodeksining birinchi instansiya sudida ish yuritishni tartibga soluvchi qoidalariga muvofiq, sudlar ushbu kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasiga tayyorlashning barcha zarur harakatlarini amalga oshirilganidan so‘nggina ishni ko‘rishga kirishishga haqli. Qaror loyihasida sudlarning e’tibori ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash barcha da’vo va alohida tartibdagi ishlar bo‘yicha ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rilishi hamda hal etilishini ta’minlash maqsadiga ega bo‘lgan fuqarolik protsessining mustaqil bosqichi hisoblanishi hamda majburiyligiga qaratilgan.

    Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, muhokama etilgan Plenum qarorlari jinoyat va fuqarolik ishlarini qonuniy hamda adolatli hal etishda fuqarolarning buzilgan huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga, qonun hujjatlarining sud amaliyotida aniq va bir xilda tatbiq etilishiga, yagona sud amaliyotini shakllantirishga, shuningdek yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini amaliyotda yanada samarali qo‘llanilishiga xizmat qiladi.

    E’tiborlisi, Plenum majlisida mazkur qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini aholiga, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlariga, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalariga tushuntirish bo‘yicha viloyatlarda va mahallalarda tadbirlar amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

    Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

    24.08.2018, 19:44   Izoh (0)   20848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Toshkent—O‘sh” va “Bektemir—Chorbog‘” avtomobil yo‘llarida fotoradarlar o‘z vaqtida jarima to‘lamagan haydovchilarni tutib bermoqda

    24.08.2018, 19:33

    Xalq ta’limi vaziri: 2019-yilning 1-yanvaridan oliy toifali o‘qituvchilar 2,5 mln so‘m oylik oladi

    24.08.2018, 18:33

    Qoraqalpog‘istonda 1734 fuqaro 17 ta tibbiy tekshiruvdan o‘tdi

    24.08.2018, 18:14

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” Mustaqillik bayrami munosabati bilan chiptalarga 50 foizli chegirma e’lon qilindi

    24.08.2018, 17:57

    O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligini Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi etib qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda

    24.08.2018, 17:37

    Andijonda 613 gramm marixuana sotayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    24.08.2018, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:52

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Raqobat qo‘mitasi aldamchi konsalting firmalaridan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:40

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.