• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Narpaylik tadbirkor ayolni amaldorlardan kim himoya qiladi?

    Bir yil davomida sudma-sud yugurgan tadbirkor Nadejda Mirzayeva oxiri adolat tantanasiga erishib, sud uning foydasiga qaror chiqardi. U endi noqonuniy tortib olingan yer uchastkasi o‘ziga qaytarilishiga ishongan edi. Ammo 3 oydan oshibdiki, sud qarori bajarilmay kelinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev xabar bermoqda.

    Foto: Narpay tuman hokimligi

    Foto: Narpay tuman hokimligi

    Nadejda Mirzayeva Samarqand viloyatining Narpay tumanida “Omonqul Mirza” va “Nadejda trans servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari ta’sischisi bo‘lib, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadi. Bir yildan ortiqroq vaqt davomida u o‘z ishini bajarolmasdan, adolat istab, tashkilotma-tashkilot yurishga majbur bo‘lmoqda.

    2017-yil may oyida “Samarqandtrans markazi”ga qarashli “Samarqand Rudakiy” sho‘ba korxonasiga Mirbozor chorrahasida avtoshohbekat qurilishi uchun Narpay tuman hokimining qarori bilan 0,89 gektar yer maydoni ajratilib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Yangi obyektni deb chorrahada joylashgan muzey binosi, xotira maydoni va ona haykali buzib tashlandi va ajratilgan 0,89 gektar yer maydoni o‘rniga 1,30 gektar yer egallab olindi.

    Tadbirkor Nadejda Mirzayeva ta’sischisi bo‘lgan ““Omonqul Mirza”ga tegishli 0,513 gektar yer maydonini ham “Samarqand Rudakiy” ShK o‘zboshimchalik bilan egallab oladi. Shundan so‘ng tadbirkor prokuratura va iqtisodiy sudga murojaat qiladi. Sud noqonuniy egallab olingan yer maydonini egasiga qaytarish to‘g‘risida qarori chiqaradi.

    “2018-yil 14-mayda sud qarorini bajarish maqsadida ijro varaqasini MIB Narpay tuman bo‘limiga topshirdim. Qonunchilikda sud qarorini ijro qilish uchun ikki oylik muddat belgilangan, ammo uch oydan ko‘proq vaqt o‘tishigi qaramasdan, sud qarorini bajarish paysalga solib kelinmoqda”, — deydi N.Mirzayeva.

    Na MIB, na Narpay tuman hokimligidan amaliy madad ololmagan tadbirkor adolat izlab Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov qabuliga kiradi. Hokim muammo bilan tanishgach, o‘sha zahoti tegishli tashkilot rahbarlariga uni zudlik bilan qonun doirasida hal etishga ko‘rsatma beradi.

    O‘shandan keyin ham bir oy vaqt o‘tdi. N.Mirzayevaning har kunlik yugur-yuguri oqibatida unga bir necha marta aniq kunini belgilab, o‘sha kuni tegishli tashkilot vakillari ishtirokida o‘rtadagi devor buzilib, unga qarashli bo‘lgan yer maydoni qaytarib berilishi ma’lum qilindi. Belgilangan joyga tadbirkor, ayrim paytlar tez yordam xodimlari va yong‘in o‘chiruvchilar kelib, kutishdi. Ammo mutasaddi tashkilotlar vakillaridan darak bo‘lmadi. Qisqasi, Narpay tuman Majburiy ijro byurosi turli bahonalar bilan sud qarorini bajarishni paysalga solib kelmoqda.

    Nima uchun qonun talablarini mensimasdan, qonun posbonlari sud qarorini bajarishni paysalga solib, “Samarqand Rudakiy” ShKning tomonida turishibdi, degan haqli savol tug‘iladi. Buning sababini Nadejda Mirzayeva quyidagicha izohlaydi:

    — Ushbu korxona “O‘zavtodaryotrans” agentligi Samarqand viloyat hududiy bo‘limining sho‘ba korxonasi bo‘lib, uning rahbari asli Narpay tumanidan bo‘lgan Inatilla Xamrayevdir. Ko‘p yillardan beri ushbu vazifani egallab yurgan rahbarning gapi qonun talabidan ham ustunlik qilmoqda.

    N.Mirzayevaning “qaysarligi”, ya’ni qudratli korxonani sudga berib, uni o‘ziga tegishli yer maydonidan chiqarishga erishganligi tadbirkor va uning mehnat jamoasi uchun ayanchli oqibatga olib keldi.

    — I.Xamrayev tomonidan menga yerdan voz kechish to‘g‘risida takliflar bo‘ldi. “Yeringdan voz kechsang, firmalaring ishlaydi, rozi bo‘lmasang seni ishlashga qo‘ymayman” deb, har xil vositalar bilan tadbirkorlik faoliyatimni bo‘g‘ish harakatiga tushdi. Unga qo‘shilgan Narpay tuman hokimligining amaldorlari tomonidan men va xodimlarim ta’qib ostiga olindik.

    N.Mirzayevaning uqtirishicha, ayni paytda “O‘zavtodaryotrans” agentligi unga tegishli bo‘lgan “Omonqul Mirza” va “Nadejda trans servis” MChJlarning yo‘lovchi tashishga ruxsat beruvchi litsenziyalarini bekor qilish, korxonalarga a’zo bo‘lgan taksi haydovchilariga litsenziya varaqalarini bermaslik, yunalishda qatnashish uchun o‘tkazilayotgan tenderga chaqirmaslikka harakat qilmoqda.

    — “Kattakon”ning bir og‘iz “suddan arizangni chaqirib ol” degan taklifini qabul qilmaganligim uchun meni bankrot qilib, mulkimni yo‘q qilib, tavbamga tayantirmoqchi bo‘lishyapti, – deydi tadbirkor opa. Uning so‘zlariga qaraganda, sudni yuta olmasligini anglagan agentlik boshlig‘i tuman hokimligi bilan hamkorlikda harakat qilishga o‘tib oldi.

    Narpay tuman hokimining jamiyatga shohbekat binosiga egalik xuquqini beruvchi 2005-yil 11-apreldagi qarori shu tuman xokimining 2017-yil 23-oktabrdagi qarori bilan bekor qilindi. Vaholanki, mavjud qonunchiligimiz bo‘yicha hokimga o‘z qarorini bekor qilish xuquqi berilmagan. Bu esa amaldorlarning tadbirkorga bosim o‘tkazish, uni ta’qib ostiga olishga urinishning namunasi emasmi? Odil sud ushbu masalaga qonuniy yondashdi. Samarqand viloyat iqtisodiy sudining 2018-yil 18-yanvardagi qarori bilan Narpay tuman hokimining 2017-yildagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

    Hozirda jamiyatga qarashli 60ga yaqin avtotransport vositasi yo‘nalishga chiqmay qo‘ydi. Natijada 70 ta ish o‘rini qisqarib, xuddi shu miqdordagi oila tirikchilik manbaisiz qoldi. Achinarlisi shundaki, agentlik tomonidan litsenziya shartlari bajarilishi talab qilinmoqda, lekin tadbirkor ayolning shartlar bajarilganligi to‘g‘risidagi xatlari umuman e’tiborsiz, murojaatlari javobsiz qolmoqda.

    Hammasi borib sud qarori bilan N.Mirzayevaga egalik huquqi belgilangan 513 kvadrat metr yerga borib taqalmoda. “Amaldorlar ana shu yer maydonidan voz kechishimni talab qilib, ularning noqonuniy shartiga rozi bo‘lgan taqdirimda jamiyat faoliyatini tiklashga, litsenziyalarimizni qaytarib berishga va’da qilishmoqda. Agentlik boshlig‘ining bu harakati tadbirkorlikka to‘sqinlik qilish emasmi?”, — deydi o‘kinch bilan N.Mirzayeva.

    Nadejda Mirzayeva Samarqandda adolat va haqiqat tomon qo‘yilayotgan qadamlar, o‘zgarib borayotgan siyosat uning ishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb umid bildirmoqda.

    24.08.2018, 08:40   Izoh (0)   14412
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiy viloyatida uydan seyf o‘g‘irlagan guruhga hukm o‘qildi

    24.08.2018, 08:24

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

    24.08.2018, 07:30

    O‘zbekistonda istirohat bog‘larida o‘qish zallari va kutubxonalar bo‘lishi shart etib belgilandi

    23.08.2018, 23:08

    Zominning betakror ko‘rinishlari (foto)

    23.08.2018, 23:00

    Toshkentda milliy gastronomik turizm markazi ochildi

    23.08.2018, 22:50

    Termizda yangilangan Matbuot uyi foydalanishga topshirildi

    23.08.2018, 22:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.