23-avgust kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida MDHga a’zo mamlakatlar Aksilterrorchilik markazi tomonidan MDH davlatlari vakolatli organlarining qo‘shma aksilterrorchilik mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha trening ko‘rinishida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, deb yozadi “Zakon.kz”.
Treningda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari hamda MDHning bir qator organlari vakillari qatnashdi.
O‘tkazilgan tadbirdan asosiy maqsad — tezkor bo‘linmalar xodimlarini harbiy mashqlarning birinchi bosqichida kelishilgan amaliy harakatlarga tayyorlash.
MDHga a’zo davlatlar vakolatli organlarining qo‘shma aksilterrorchilik mashg‘ulotlari — “Issiqko‘l-Antiterror-2018”ning birinchi bosqichi sentabr oyida MDHning yetti davlati — Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston hududida, yakuniy bosqichi esa Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)