Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pittning ikki yildan buyon davom etayotgan ajrashuv bo‘yicha sud ishi, nihoyat, joyidan siljidi: aktrisa sobiq eri bilan bolalarga birgalikda vasiylik qilishga rozilik berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Joli va Pitt avvalroq vasiylik mavzusida sud majlisini o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq murosa tufayli bunga ehtiyoj qolmadi. Tomonlar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘z ekspertlari tavsiyasi bilan vaqtinchalik kelishuvni ma’qullagan.
Shundan keyin ma’lum bo‘lishicha, Anjelina o‘quv yili boshlanishidan avvalgi yozning so‘nggi kunlaridan zavq olmoqda va bolalariga otasi bilan aloqalarni qayta tiklashga yordam bermoqda.
Izoh (0)