Qurbon Hayiti munosabati bilan Andijon viloyati IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilib xozirda nafaqadagi sobiq xodimlar, xizmat vaqtida vafot etganlarning yaqin qarindoshlari xolidan xabar olindi, deya xabar beradi Andijon IIB Matbuot xizmati.
Jumladan, Andijon shahar IIB mas’ullari, sobiq ichki ishlar vakillari bilan birgalikda o‘z jonini Vatan tinchligi yo‘lida fido etgan qahramonlarning oilalari bilan suhbatlar uyushtirdi. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.
Shu bilan birga Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati IIB boshlang‘ich tashkiloti a’zolari tomonidan viloyat ichki ishlar tizimida xizmat qilib kelayotgan 75 nafar ayol xodimalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj 245 nafar yollanma ishchi ayol xodimalarga ham moddiy yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)