• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shashmaqom tarixidan

    Matbuot va axborot agentligi nashrida “Bu gulshan soz ekan, soz, ustiga soz etgani keldik...” nomli maqola e‘lon qilindi. Ushbu maqolani  to‘liqligicha e’tiboringizga havola qilamiz.

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    El suygan taniqli hofiz Ma‘murjon Uzoqov ijrosidagi “Bu gulshan soz ekan...” ashulasi ko‘pchiligimizning sevimli taronamizga aylangan. Xalqimizning betakror madaniy merosi – maqom san‘atini ham benazir gulshanga mengzash mumkin. 6—10-sentabr kunlari Shahrisabzda o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san‘ati anjumani esa “ustiga soz etgani” kelguvchilar bilan gavjum bo‘lishi shubhasiz.

    Maqom tarixidan

    Ilk bor VII-VIII asrlarda xalq musiqasi negizi va mahalliy professional ijrochilik an‘analarining rivoji yirik turkumli janrlar shakllanishiga olib keldi. Jumladan, Borbad ijodiga mansub “Xusravoniy” turkumi. IX-X asrlarda maqomsimon cholg‘u va ashula-cholg‘u asar va turkumlar rivojlanadi. XI-XIII asrlardan boshlab, to XVII asrgacha Yaqin va O‘rta Sharqda “Duvozdahmaqom” – 12 maqom turkumi keng tarqalib, musiqa amaliyotida qo‘llanib keldi.

    XVIII asrda Buxoroda yangi turkum – “Shashmaqom” uzil-kesil shakllandi. XIX asrda “Xorazm maqomlari” turkumi va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari vujudga keladi. Keyinchalik “Shashmaqom” va boshqa turkumlar asosida maqom asarlarining yangi uslublari va ko‘rinishlari zamonaviy talqinda rivoj oladi.

    Maqomchilik san‘ati qonunlarini sharhlash, asoslash, musiqa nazariyasi va amaliyotiga oid masalalar IX asrdan boshlab musiqiy risolalarda o‘z aksini topdi. Maqomlarni tartiblashda, muayyan tizimga tushirishda Urmaviy va Sheroziyning (XIII-XIV asr) xizmatlari katta.

    XX asrda maqomchilik san‘ati rivojlanib, yetuk sozandayu xonandalar va bastakorlar ijodi va repertuarlaridan o‘rin oldi. Ular zamonaviy nota yozuvlari orqali to‘plamlar sifatida nashr etildi, ularni nazariy va amaliy o‘zlashtirish ishlari amalga oshdi.

    2007-yili Isoq Rajabovning “Maqomlar” nomli yirik risolasi YuNESKO tomonidan nashr etildi. 2003-yil noyabr oyida “Shashmaqom” YuNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi” deb tan olindi. 2008-yili umumjahon Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

    Rivoyat

    Temuriylar davrida yashagan Xoja Abdulqodir Marog‘iy, manbalarda zikr qilinishicha, Sohibqiron g‘azabiga uchragach, bir qancha vaqt yolg‘iz yashab, qalandarona hayot kechirdi.

    Kunlar o‘tdi. Sarkarda o‘z lashkari bilan Iroqqa yurish qilish harakatiga tushdi. Bundan xabar topgan Abdulqodir Amirning qulog‘iga yetib boradigan bir nazm tuzishga qaror qildi. Shunday xayol bilan, u bir g‘azal bitdi, uni bastaladi. So‘ng temirchiga borib, shu kuy nag‘malarini hosil qiluvchi har xil kattalikdagi qo‘ng‘iroqchalar yasatdi. Sarbon bilan kelishib, bu qo‘ng‘iroqchalarning qaysi tuyaga osilishi kerakligini ham kelishib oldi va kuyni bexato hosil qiladigan bir tartibda tuyalarga ostirdi. Karvon yo‘lga chiqdi. Tuyalar harakatga kelib yura boshlagach, belgilab qo‘yilganidek kuy chalina boshladi. Sohibqiron musiqa ilmidan xabardor edi, musiqani yaxshi tushunardi. Qo‘ng‘iroqchalardan taralayotgan bu yoqimli kuy Amirni befarq qoldirmadi. Bu kuy Iroq maqomi yo‘lida yaratilgan bo‘lib, uni bastakor “Amali tarona” deb atagan edi. Temur kuyga e‘tibor qilar, kuy esa o‘z ohangidan adashmasdi. Shunda u saroy musiqashunoslarining peshqadami bo‘lib qolgan, ayni paytda bosh xonandalik vazifasida turgan va ushbu tadbirdan ogoh Xoja Abdulloh Loriyni huzuriga chorlab, unga dedi:

    – Mug‘anniy, eshityapsanmi, bu qo‘ng‘iroqchalar bir chiroyli kuy chiqarmoqda?

    – Shohim, - dedi Loriy, - bir begunohning gunohidan kechsangiz, men buning sirini aytaman.

    Amir:

    – Bo‘pti, men uning gunohidan kechdim, - dedi.

    – Xoja Abdulqodir sizga o‘zining sodiqligini izhor qilish niyatida “Iroq” maqomi yo‘lida ushbu kuyni bastaladi, - dedi mehtar va Amir qoshida ana shu yangrab turgan kuy jo‘rligida Abdulqodir yozib bergan yangi g‘azalni kuylay boshladi:

    Chun miravi so‘yi Iroq faromusham nakun…

    (Mazmuni: Iroq sari yo‘lga chiqsang, meni unutma).

    Natijada Amir Abdulqodirning sodiqligiga shubha qilmay, unga avvalgiday marhamatlar ko‘rsata boshladi.

    Maqom yo‘nalishlari

    O‘zbek mumtoz musiqasini tashkil etuvchi maqom yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

    Yalla (maqomot janri asosida yaratilgan yallalar).

    Katta ashula.

    Buxoro “Shashmaqomi”.

    Xorazm maqomlari.

    Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari.

    O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi

    Markaz Prezidentning 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san‘atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi.

    Uning asosiy maqsadi o‘zbek milliy maqom san‘atini mukammal o‘rganish, an‘anaga mos targ‘ib qilish, xalqimizni musiqiy merosimizning eng go‘zal an‘analaridan bahramand etishdan iborat.

    O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi tarkibida Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli faoliyat olib bormoqda.

    Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli

    O‘zbekistonda dastlab ilk professional maqom ansambli folklorshunos, O‘zbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy tomonidan 1959 yili O‘zteleradiosi qoshida tashkil etilgan.

    Ansambl tomonidan 1960—1962-yillari “Shashmaqom” va “Toshkent-Farg‘ona maqom yo‘llari” turkumlariga kiruvchi cholg‘u va asosan, ashula yo‘llari ilk bora grammplastinkaga yozila boshlagan va nashr etilgan.

    1976-yilda ansambl rahbari, akademik Yunus Rajabiy vafotidan so‘ng O‘zbekiston xalq artisti Orif Alimaxsumov, O‘zbekiston san‘at arbobi Shavkat Mirzayev, O‘zbekiston xalq artisti G‘anijon Toshmatov, O‘zbekiston xalq hofizi Isroil Vahobov unga rahbarlik qilib keldilar. Ayni paytda ansambl rahbari – O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi va ko‘plab davlat mukofotlari sovrindori Abduhoshim Ismoilov.

    Maqom ansambli a‘zolari shu kunga qadar bir necha chet el mamlakatlarida ijodiy safarlarda bo‘lib, o‘z konsert dasturlarini namoyish qilib kelishgan. Uzoq yillar davomida bu dargohda yetuk xonanda va sozandalar xizmat qilishgan.

    Xalqaro maqom san‘ati anjumani

    Anjuman 2018-yildan boshlab, har ikki yilda bir marta Shahrisabz shahrida o‘tkaziladi.

    Anjuman doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

    “Maqom musiqa san’atining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;

    jahon va O‘zbekiston maqomot san’ati ustalarining yakka konsertlari;

    maqom ansambllari, xonanda va sozandalarning ko‘rik-tanlovi;

    sayillar, mamlakatimizning dunyoga mashhur shaxslari hayoti va ijodiy faoliyati xaqida zamonaviy va kreativ usulda sahnalashtirilgan dastur namoyishlari;

    maqom san‘ati tarixiga oid ko‘rgazma, o‘zbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-taqdimot asarlari hamda ilmiy-ma‘rifiy adabiyotlar namoyishi.

    Maqom muzeyi

    O‘zbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratish hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish, uning natijalarini e’lon qilib borish Shahrisabzdagi muzey faoliyatining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

    Taraddud

    Ayni paytda anjumanga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in tus olgan.

    Xususan, anjumanning ramziy belgisi tasdiqlandi. Sovrindorlarga topshiriladigan diplom, sertifikat loyihalari, statuetka namunalari ishlab chiqildi.

    Milliylikni o‘zida aks ettiruvchi liboslar, aktyorlar joylashuvi va Oqsaroy hududi atrofida ularning yurishlarini tashkil etish, maydonlarni hududlar kesimida taqsimlash, ularga xos bo‘lgan milliy urf-odat, an‘ana va qadriyatlar aks etgan ssenariy va dasturlar loyihalari, mos musiqiy ketma-ketlik hamda videoroliklar tayyorlanmoqda. O‘zbek, rus, ingliz tillarida “Maqom nima?” deb nomlangan kitob nashr etilmoqda.

    23.08.2018, 19:12   Izoh (0)   57048
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2019-yil oxiriga qadar Samar­qandda yana 45 ta mehmonxona quriladi

    23.08.2018, 18:45

    Chormaqom Shashmaqomdan faqat soni bilan farq qiladimi?

    23.08.2018, 17:31

    O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyada UNESCO rahbarlaridan biri bilan muzokara o‘tkazdi

    23.08.2018, 17:15

    “Maqom” anjumanini faol yoritgan jurnalistlar mukofotlanadi

    23.08.2018, 16:45

    O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

    23.08.2018, 16:31

    Respublikada sud va tergovdan qochib yurgan 13 nafar shaxs ushlandi

    23.08.2018, 16:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gitler haqidagi qo‘shiq tufayli Kanye Uestga Avstraliyaga kirish taqiqlandi

    Musiqa | 4 iyul, 11:51

    Gollivud aktyori Maykl Medsen vafot etdi

    Kino | 4 iyul, 11:34

    Tramp migrantlarga AQSH fermalarida qolishga ruxsat berishini aytdi

    Dunyo | 4 iyul, 11:25

    “Real” sobiq futbolchisi: “Ronaldu klubdagi barchaga iPhone va Apple Watch sovg‘a qilgan edi”

    Sport | 4 iyul, 11:17

    O‘zbekistonda 5-iyul kuni chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 4 iyul, 10:54

    Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Tramp bilan yashirincha uchrashdi

    Dunyo | 4 iyul, 10:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.