Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi sanksiyalarini kontrmahsuldor va bema’no deya hisoblashi haqida ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.
“Sanksiyalarga keladigan bo‘lsak, bu harakatlar kontrmahsuldor va ma’nosiz, ayniqsa, Rossiya singari davlatga nisbatan”, — deb aytgan Putin.
Rossiya prezidenti bu haqda Finlyandiya prezidenti Saul Niinistyo bilan bo‘lgan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot-anjumanida gapirgan.
Vladimir Putin Rossiyaning amerikalik hamkorlari qachonlardir bu singari siyosatning istiqboli yo‘qligini anglab yetishlariga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 21-avgust kuni AQSh kiberfaoliyat va KXDR tufayli Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)