AQSh prezidenti Donald Tramp Gavayi shtatida “Leyn” dovuli yaqinlashayotganligi sababli favqulodda vaziyat rejimi e’lon qildi. Bu haqda Oq uy xabar qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Favqulodda vaziyat rejimi dovul oqibatlariga qarshi kurashish uchun shtatga federal yordam ajratish imkonini beradi. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentlik ushbu harakatlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Gavayi orollariga janubdan to‘rtinchi darajali kuchli dovul yaqinlashmoqda. Shamol tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etadi.
Izoh (0)