• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chormaqom Shashmaqomdan faqat soni bilan farq qiladimi?

    Matbuot va axborot agentligi nashri “Chormaqom Shashmaqomdan faqat soni bilan farq qiladimi?” nomli maqolani e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani to‘lig‘icha e’tiborigizga havola qilamiz.

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Maqom – arabcha “joy”, “makon”, “o‘rin” ma‘nolarini bildirib, Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida uning ham mazmun doirasi tobora kengaygan. Tarixdan ma’lumki, maqomga oid nazariy va musiqiy estetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn Is‘hoq al-Kindiy va Forobiy (IX-X asr), ibn Sino va Zaylo (XI asr), Safiuddin al-Urmaviy (XIII asr), Mahmud ash-Sheroziy va Abdulqodir Marog‘iy (XIV asr), Abdurahmon Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (XV asr), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (XVI asr), Darvishali Changiy (XVII asr) va boshqa olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan.

    XIII asrga qadar maqomlar soni aniq belgilanmagan. Keyinchalik o‘n ikki maqom tizimi ishlab chiqilgan. Uning negizida har xil milliy va mintaqaviy maqom turlari va turkumlari vujudga kelgan bo‘lib, bular o‘zbek va tojiklarda maqom, turkman va uyg‘urlarda muqom, ozarbayjon va armanlar, Eron xalqlarida mug‘om yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida aytiladi.

    O‘zbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona va Toshkent maqom yo‘llari mavjud.

    Ko‘p asrlardan buyon Buxoro va Xorazmda aytib kelingan yirik musiqa asari - “Shashmaqom” (olti maqom) tarkibiga Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari kiradi. Bu maqomlarning har biri uch qism – Mushkulot (Xorazmda “Mansur” deb ataladi), Nasr (Xorazmda “Manzum”) va Ufordan iborat.

    Mushkulot – maqomning instrumental cholg‘u qismi bo‘lib, bunga tasnif, tarji, gardun, muxammas, saqillar kiradi. Nasr maqomning matn qismi bo‘lib, sarahbor, talqin, nasrlarni o‘z ichiga oladi. Ufor esa maqomning raqs qismi bo‘lib, ansambl jo‘rligida umumiy xor bilan ijro qilinadi. Maqom shu qism bilan tugaydi. Maqomning bu uch qismidagi nomlar olti maqomning hammasida uchraydi.

    Odatda Shashmaqom yo‘llari doirasiz ijro qilinmaydi. Maqom va uning shoxobchalari doira zarblari bilan bir tekis aytiladi. Maqom ijro etuvchi hofizlar doirani ustalik bilan chertib, ashulalariga jo‘r qilib boradilar.

    Har bir maqomning mushkulot qismi “Tasnif” bilan boshlanib, “Saqil” bilan tamomlanadi. Nasr qismi esa “Sarahbor” bilan boshlanib, “Siporish” bilan tugaydi. Maqomning nasr qismida ko‘p taronalar aytiladi. Tarona maqomda bir kuydan ikkinchisiga o‘tish uchun “bog‘lovchi qism” hisoblanadi. Nihoyat, maqomning oxirgi qismi “Ufor” boshlanadi. Ufor cholg‘u ansambli jo‘rligida ashula va raqs bilan ijro etiladi.

    Uzoq yillardan buyon ijro etib kelinayotgan Shashmaqomning nasr qismida aytiladigan she’rlar asosan ishqiy-lirik g‘azallardir. Bu she‘rlar XIV-XVII asrlarda yashab ijod qilgan Sa’diy, Hofiz, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Jomiy, Bobur, Hiloliy singari o‘zbek-tojik va fors shoirlari tomonidan yozilgan. Maqomlardagi bu lirik she’rlarning ayrimlari vaqt o‘tib yangilari bilan almashgan. Xususan, Muqimiy va Furqat g‘azallari asosida ham maqomlar ijro etilgan.

    Shashmaqom Buxoro va Xorazmda keng tarqalgan bo‘lsa, Toshkent va Farg‘ona vodiysida kam ijro etilgan.

    Mazkur viloyatlarda ko‘proq Chormaqom keng urf bo‘lgan. Chormaqomga Dugoh Husayn, Chorgoh, Bayot va Gulyori shahnoz kiradi. Chormaqom kuylari Shashmaqomga nisbatan qisqa bo‘lib, unda Shashmaqomning mushkuloti yo‘q. Shashmaqomning ikkinchi nasri, ya’ni vokal qismi yirik ashula va taronalardan iborat bo‘lgani holda, Chormaqom faqat to‘rt yoki besh bo‘lakdan iborat, xolos. Bulardan Gulyori shahnoz besh qismli, Gulyor, Shahnoz, Chapandoz, Ushshoq, Ufordan iborat.

    “Dugoh Husayn”, “Chorgoh” va “Bayot”ning ikkinchi qismi “Savta” deb yuritiladi, qolganlariga nom berilmagan. Ular maqomning asosiy qismiga qo‘shilib yuritiladi. Masalan, Chorgoh-1, Chorgoh-2, Chorgoh-3 va hokazo.

    Chormaqomni Toshkent va Farg‘onada faqat professional maqomchilargina emas, havaskor ashulachilar ham ijro etadilar.

    O‘zbek milliy maqom san‘ati darg‘alariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ulardan biri “Shashmaqom” taronalarini, Buxoro xalq ashulalarini zo‘r mahorat bilan ijro etgan Domla Halim Ibodovdir. U 1878-yilda Buxoro shahrida olacha to‘quvchi kosib oilasida tug‘ilgan. 10 yoshidan boshlab doira chertib, xalq qo‘shiqlarini ijro eta boshlagan. Dastlab Sharifxon ustozdan, keyin Ota Jalol, Ota G‘iyos kabi atoqli san’atkorlardan ta‘lim olgan. Buxoro Shashmaqomi yo‘llaridan asosan Savtlar (Qashqarchai Mug‘ulchayi Segoh, Savti Sarvinoz, Iroq, Mug‘ulchayi Dugoh, Nasrulloyi, Qashqarcha, Ushshoq va boshqalarni baland (katta) avjlar bilan kuylagan.

    1920-yilda Buxoroda musiqa maktabi tashkil etilgach, eng mohir sozanda va xonandalar qatorida bu maktabga domla Halim Ibodov ham taklif qilinadi. U yoshlarni o‘zining ashula aytish san’ati bilan tanishtiradi. 1928-yilda Samarqandda tashkil qilingan musiqa xoreografiya ilmiy-tekshirish institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Keyinchalik Buxorolik mashhur tanburchi Abdurahmon Umarov bilan O‘zbekiston radiosiga ishga o‘tadi. 1937-yilda Moskvada o‘tkazilgan o‘zbek adabiyoti va san’ati dekadasida qatnashib, ovoz diapozonining kengligi bilan Moskva tomoshabinlarini, ayniqsa “markaz”dagi taniqli ashulachilarni hayratda qoldiradi.

    Domla Halim Ibodov ovozining o‘tkirligi va yoqimliligi, ayniqsa, kuylash usuli bilan tinglovchilarni o‘ziga maftun etardi.

    Mohir san‘atkor umrining oxirgi kunlariga qadar ham (1940-yil 10-mayda vafot etgan) katta avj ashulalarni hech qiynalmasdan ijro etgan. U ko‘p shogirdlar tayyorladi. Shonazar Sohibov, Fazliddin Shahobov ijro mahorati bilan ustozlari an’analarini davom ettirishgan.

    Toshkentlik hofiz Mulla To‘ychi Toshmuhammmedov esa 1866-yilda bo‘zchi oilasida tug‘ilgan. 15 yoshida musiqaga qiziqib, turli to‘y va marosimlarda ijro etiladigan kuy va ashulalarni zavq bilan tinglab, ularni asta-sekin o‘rganib, hofizlarga qo‘shilib ayta boshlagan. 30 yoshga kirganda o‘sha davrning mashhur hofizlari – Muhammad Umar, Abduqahhor va Nazarxondan ashula aytish yo‘llarini o‘rganadi. Tez orada uning nomi butun O‘zbekistonda taniladi.

    1904—1907-yillarda o‘zbek xalqining kuy, ashula va maqomlari grammafon plastinkasiga yoziladi. To‘ychi hofiz ijrosida yozib olingan Chormaqomning “Dugoh Husayn”, “Chorgoh”, va “Bayot” qismlari va boshqa ashulalar tinglovchilar orasida katta shuhrat qozonadi.

    To‘ychi hofiz 1924-yilda O‘zbekiston san’atkorlari bilan butunittifoq qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida, 1937-yilda Moskvada o‘tkazilgan O‘zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasida qatnashib, mahoratini namoyish etadi.

    Xizmatlari hisobga olinib, O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan. Umrining oxirgi 16 yilini O‘zbekiston radiosida o‘zbek milliy ashulachilik san‘atini targ‘ib qilish bilan o‘tkazgan.

    Shorahim Umarov, Nurmuhammad Toshmuhammedov, Abduqodir Nazarov, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, Turg‘un Karimov To‘ychi hofiz tarbiyasida yetishib chiqqan xassos hofizlardir.

    O‘zbek xalq ashulalari va Shashmaqomni ijro etishda Hoji Abdulaziz Abdurasulov alohida o‘rin tutadi. Hofiz 1854-yilda Samarqandning Ko‘kmasjid mahallasida kosib oilasida tug‘ilgan. 13 yoshida ota-onasidan ajralib, yetim qolgan Hoji Abdulaziz togasi qo‘lida tarbiyalandi. U maktabdan tashqari vaqtlarida ko‘pincha dutor chalishni o‘rganar edi. 16 yoshidayoq yaxshi dutorchi bo‘lib tanildi. So‘ngra tanburga havas qo‘ydi, unga tanbur chertishda tengi yo‘q hamshahri Hoji Rahimqul ustozlik qildi. Hoji Abdulaziz ustozi orqali Shashmaqom kuylari bilan tanishib, har ikkala sozda mukammal chertishni o‘rganadi. So‘ng ashulalar ham ijro eta boshlaydi. Xonandaning ingichka va nafis tovushi tinglovchilarga xush yoqardi. Maqom yo‘llarini ijro qilganda ham dutordan ustalik bilan foydalanardi.

    Hoji Abdulaziz o‘zbek milliy san‘atini chet ellarda ham namoyish etdi. Bombey, Hijoz, shuningdek, Misr va Gretsiyaning bir qancha shaharlarida gastrolda bo‘ldi. Keksayib qolganiga qaramay, musiqa to‘garaklariga rahbarlik qilib, yoshlarga soz chalish va ashula aytish sirlarini o‘rgatdi. Mashhur san‘atkor Yunus Rajabiy maqomning Samarqand yo‘llarini Hoji Abdulazizdan o‘rgangan. 1926-yilda unga xalq hofizi unvoni berildi. 82 yil umr ko‘rgan taniqli san‘atkor 1936-yil 9-yanvarda vafot etdi.

     

    Elda “Levicha hofiz” nomi bilan tanilgan Levi Boboxonov 1873-yilda Buxoroda tavallud topgan bo‘lib, maqom yo‘llarini tanbur va doira jo‘rovozligida o‘ziga xos uslubda mahorat bilan ijro etgan. Levicha hofiz 1900-yildan boshlab Buxoro amiri saroyida xizmat qilgan. 1921-1923-yillarda Buxoro Sharq musiqa maktabida dars bergan. So‘ng Samarqandga ko‘chib kelgan. Uning ijodini Mushe Boboxonov va nevarasi Ali Boboxonov davom ettirgan.

    Biz uchun eng ahamiyatlisi, ko‘hna maqom san‘ati bugun o‘zining barkamol badiiy-estetik ahamiyatini tiklab, zamonaviy musiqa jarayonining ajralmas qismi sifatida beqiyos ijodiy, ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon etayotir.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san‘atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Shahrisabzda o‘tkaziladigan xalqaro maqom san’ati anjumani esa ko‘hna va boqiy maqom san’atini yanada taraqqiy qildirish, yosh avlodni tarbiyalashda uning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, maqom san’atining xalqaro nufuzini oshirish va keng targ‘ib qilish, ma’naviy hayotimizdagi ahamiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.

    23.08.2018, 17:31   Izoh (0)   9524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyada UNESCO rahbarlaridan biri bilan muzokara o‘tkazdi

    23.08.2018, 17:15

    “Maqom” anjumanini faol yoritgan jurnalistlar mukofotlanadi

    23.08.2018, 16:45

    O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

    23.08.2018, 16:31

    Respublikada sud va tergovdan qochib yurgan 13 nafar shaxs ushlandi

    23.08.2018, 16:00

    Nobel mukofoti sovrindori Ryodzi Noyori 28—31-avgust kunlari O‘zbekistonga keladi

    23.08.2018, 15:05

    TATU Maxsus fakulteti va Mudofaa vazirligi aloqa boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

    23.08.2018, 14:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bank krediti arzonroqmi yoki nasiya savdo? Markaziy bank tahlili eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 15:20

    “Real” Raul Asensoning tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilamoqchi

    Sport | 14 iyun, 15:17

    Tramp Mask bilan ziddiyat sababli o‘zining Tesla avtomobilini sotmoqchi

    Layfstayl | 14 iyun, 14:55

    Artyom Dovbik “Roma”dan ketishi mumkin

    Sport | 14 iyun, 14:33

    “Netanyaxu AQSHni urushga tortmoqda” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyun, 14:30

    Isroil havo hududi yopilishi sabab aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 14:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.