Britaniyalik rejissor Denni Boyl agent 007 Jeyms Bond haqidagi yangi filmni suratga olmaydi. Rejissorning ketishi haqida film prodyuserlar Maykl Uilson va Barbara Brokkoli ma’lum qilgan. Boyl loyihani “ijodiy kelishmovchilik” sababli tark etgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Boylning ketishi Bond haqidagi 25-filmning suratga olish ishlari boshlanishiga ta’sir qilish-qilmasligi noaniq. Suratga olish ishlari dekabr oyiga rejalashtirilgan. Loyihada uning o‘rniga kim kelishi ham noma’lum qolmoqda.
Yangi filmda Bond maxfiy xizmatni tark etadi va uylanadi, biroq uning rafiqasi o‘ldiriladi.
Izoh (0)