Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati “odamlarni yo‘ldan adashtiruvchi” guruhlar va qaydlarni aniqladi va o‘chirdi. Bu haqda kuni kecha ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg ma’lum qildi, deb yozadi EADaily.
U sahifalar Erondan va taxminan Rossiya harbiy razvedkasi tomonidan boshqarilganligiga aniqlik kiritdi.
Bundan tashqari, Twitter aynan shu mamlakatlarda “muvofiqlashtirilgan manipulyatsiya” uchun qo‘llanilgan 284 ta akkauntni blokladi.
Uning so‘zlariga qaraganda, tarmoq xavfsizlik choralarini ancha kuchaytirgan.
Izoh (0)