Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yil 17-avgustida O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvi Moliyaviy ommaboplik alyansiga (Alliance for Financial Inclusion) a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank press-relizida aytiladi.

Foto: Spot

Foto: Spot

Moliyaviy ommaboplik alyansi (MOA) 2008-yili a’zo mamlakatlarga moliyaviy ommaboplik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, tajriba almashish uchun maydon yaratish orqali bank xizmatlarining dolzarb masalalari bo‘yicha ishchi guruhlarini tashkil etish va o‘qitish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va kichik biznesni moliyalashtirishda ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan.

MOAga hozirgi paytda 104 ta institut kirgan bo‘lib, ularning 91 tasi dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida (markaziy banklar, moliyaviy regulyatorlar, assotsiatsiyalar)dir. MOA shtab-kvartirasi Kuala-Lumpur (Malayziya) shahrida joylashgan.

Moliyaviy ommaboplik alyansi Markaziy bankka xalqaro tajribani o‘rganish va bank xizmatlari ommabopligini va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish, shuningdek bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish uchun yetakchi ekspertlarni jalb qilishda yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hozir barcha kuchlarni aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilganmiz” — “Hududgazta’minot” rahbari
Salomatlik
Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi