Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 20-avgust sanasida o‘zbekistonlik taekvondochilar bahslarga kirishdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
-67 kg vazn toifasida Nigora Tursunqulova yarim finalga qadar yetib borib, final yo‘llanmasi uchun Janubiy koreyalik Kim Jandiga qarshi jang olib bordi va 4:14 hisobida mag‘lub bo‘ldi va bronza medaliga ega chiqdi.
Erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov yarim finalda eronlik Ashur Zoda Falloh Farzonni ham mag‘lub etdi va final yo‘llanmasiga ega chiqqandi. Niyoz finalda Janubiy koreyalik raqibiga mag‘lub bo‘ldi va kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 6 taga yetdi.
Izoh (0)