18-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi B.M.ning uyi oldida turgan o‘ziga tegishli Volvo rusumli yuk avtomashinasining elektr simlarida qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Alanga yuk avtomashinasining tirkamasi hamda uning yonida turgan MAN rusumli yuk avtomashinasining tirkamasiga ham o‘tgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida Volvo rusumli yuk avtomashinasi, tirkamasida bo‘lgan 25 tonna bo‘r (mel) mahsuloti bilan MAN rusumli yuk avtomashinasi tirkamasida bo‘lgan 142 dona traktor shinalari qisman yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘inni o‘chirmoqchi bo‘lgan B.M. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)