17-avgust kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida yashovchi Sh.M. IIBga murojaat qilib, avtomashinasini haydab qochgan mahalladoshi ustidan shikoyat qildi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Sh.M. shu yilning 13-avgust kuni o‘zining Cobalt rusumli avtomashinasida mahalladoshlari M.J. va S.Q. bilan birgalikda uyi oldiga kelib avtomashinadan tushgan vaqtida, S.Q. o‘zboshimchalik bilan avtomashinani haydab qochib, Nodirabegim ko‘chasi 12-uy oldidagi temir simyog‘ochga borib urganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan S.Q. ushlangan.
Izoh (0)