O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida tashkil etilgan. 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qayta qurilgan.
Muzey ikki zal va olti bo‘limdan iborat. Undan Mirzo Ulug‘bek davriga oid yuzdan ziyod ashyolar, kitoblar, qo‘lyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi o‘rin olgan. Shuningdek, maketlar, monitorlarda Mirzo Ulug‘bek haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar namoyish etilgan.
Emomali Rahmon rasadxonaga yuksak baho berdi. Dunyoning aksariyat o‘lkalari qoloq bo‘lgan o‘rta asrlarda ajdodlarimiz yuksak ilmiy kashfiyotlar qilgani, ular hali-hamon odamlarni hayratga solishini ta’kidladi.Prezident matbuot xizmati
Izoh (0)