16-avgust kuni O‘zbekiston MTRK katta majlislar zalida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati “Toshkent” telekanali jamoasi bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar bermoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston MTRK rahbariyati tomonidan tizimda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, “Toshkent” telekanalida efirga uzatilayotgan ko‘rsatuv va eshittirishlar haqida tanqidiy-tahliliy fikrlar hamda mavjud teleradiodasturlarning ko‘rimliligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. “Toshkent” telekanali direktori lavozimiga Abdusamatov Abdumo‘min Abdurashidovich va uning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Aliyeva Tatyana Asadullayevna tayinlanganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)