Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida shu yil 1-avgust kuni noma’lum shaxs yuziga niqob kiygan holda “Sharq” MFYda yashovchi M.M.ning uyiga bostirib kirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U uy egasining 22 yoshli o‘g‘li M.N.ni pichoq bilan qo‘rqitib, pul talab qilib, 5 million 330 ming so‘mni oladi. Hovlida turgan M.M.ga tegishli Captiva rusumli avtomobilni noma’lum tomonga haydab ketadi.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida mashina Chust tumani hududidan o‘tuvchi “Namangan—Pungon” avtomobil yo‘lining 44-kilometrida beton to‘siqqa urilgan holda topildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumani yashovchi, muqaddam sudlangan 21 yoshli Sh.Z. sodir etganligi aniqlandi. Bosqinchi qo‘lga olindi.
Izoh (0)