Xitoyning Ichki Mongoliya avtonom tumani jamoatchilik xavfsizligi departamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga kelishi doirasida Toshkent shahar IIBBda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda mazkur huquq-tartibot organlarining o‘zaro hamkorligiga oid masalalar muhokama qilindi.
Ichki Mongoliya avtonom tumani Jamoatchilik xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Chen Insze boshchiligidagi delegatsiya a’zolari va Toshkent shahar IIBB vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sohada tajriba almashish, jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi hamda jinoyatlarni fosh etishda yaqindan hamkorlik qilishdan tomonlarning manfaatdorligi qayd etib o‘tildi.
Uchrashuvda, shuningdek, hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari, xususan, kadrlar tayyorlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoshlar va voyaga yetmaganlar ishtirokidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda ham o‘zaro tajriba almashish amaliyotlari muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari Toshkent shahar YHX tizimi kompyuter boshqarmasi, Voyaga yetmaganlarga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish markazi hamda Ichki ishlar bo‘limlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)