Genuyada avtomobil ko‘prigining qulashiga guvoh bo‘lganlar hodisa suratlari va videosi bilan bo‘lishmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Favqulodda hodisa 14-avgust kuni kunduzi yuz berdi. Avtomobil ko‘prigining 200 metrga yaqin qismi 50 metr balandlikdan qulagan. Ushbu lahzada ko‘prikda harakatlanayotgan avtomobillarning barchasi pastga qulagan.
#genoa after the #bridge collapsed #Italy #Morandi #Genova #Genes #morandibridge pic.twitter.com/cIvaBJZ16G
— Marco Ferraglioni (@MFerraglioni) August 14, 2018
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, ko‘prik qulashiga chaqmoq urishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, halokatning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida ko‘prik konstruksiyasining cho‘kkani ham aytilmoqda.
A nightmare on the highway in #Genova pic.twitter.com/oQodGsUr9n
— Roelant Siekman🌱⚡️ (@RoelantSiekman) August 14, 2018
Izoh (0)