Ekvadorning tog‘li hududida yuz bergan avtobus halokati oqibatida 23 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Comercio gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avariya Pifo va Papallata shaharlari o‘rtasidagi avtomagistralning “o‘lim burilishi” nomi bilan mashhur qismida yuz bergan.
Qutqaruvchilar vakili Veronika Toapantaning ma’lum qilishicha, xorijiy raqamlarga ega bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan, shundan so‘ng unga yuk mashinasi urilgan.
Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar bola bor, 14 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)