Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kecha, 12-avgust sanasida Pepsi Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Qizilqum” bahsi 2:1 hisobidagi mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Foto: PFL matbuot xizmati

Foto: PFL matbuot xizmati

Uchrashuvni boshqarib borgan hakam – Hasan Ro‘ziyev o‘yin davomida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani uchun Superliga uchrashuvlaridan oktabr oyiga qadar chetlatildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘FA hakamlar qo‘mitasi hamda ekspertlar guruhining tasdiqlashicha, uchrashuvning 35-daqiqasida Ro‘ziyev “Metallurg” jamoasi darvozasi tomon penalti belgilanishi lozim bo‘lgan vaziyatda 11 metrli jarima zarbasini qo‘ymagan. Bu esa yakunda natijaga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, mazkur o‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov uchrashuv bosh hakami Hasan Ro‘ziyevning “o‘yini” qurboni bo‘lganini  ta’kidlagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi