Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Alabino poligonidagi ArMI-2018 xalqaro harbiy o‘yinlari ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar milliy ko‘rgazmalari tashkil etilgan “Do‘stlik uyi”da bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shoygu Myanma, Uganda va Iordaniya musiqa asboblarini chaldi. Xitoy choyi, qirg‘iz mineral suvi va Sharq shirinliklaridan totib ko‘rdi.
Rossiya mudofaa vazirini, ayniqsa, O‘zbekistonda yasalgan kitoblar uchun yog‘och yig‘ma lavh, Suriya xalq amaliy san’ati buyumlari va Misrdan keltirilgan mis idish qiziqtirib qolgani bildirilmoqda.
Izoh (0)