2018-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari S.Shukurov ishtirokida Navoiy viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi, deb agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Qabulda 50 nafardan ortiq matbaa korxonalari, axborot-kutubxona sohasi xodimlari, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari hamda shu sohalar faxriylari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida yig‘ilganlardan 60 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Izoh (0)