“Barselona” hamda Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jerar Pike xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
“Men Luis Enrike (hozirda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi) bir yoki ikki hafta oldin gaplashdim va unga ketish borasidagi qarorimni ma’lum qildim. Bu juda ajoyib tarix bo‘ldi, ammo endi bor diqqat-e’tiborimni “Barselona”ga qarataman. Klubda qancha ko‘p qolsam, menga shuncha yaxshi”,—deydi 31 yoshli himoyachi.
Pike Ispaniya termasida 2009-yilning 11-fevralida Angliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
Jerar terma safida 102 o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. Jamoa bilan 73 o‘yinda g‘alaba qozonga, 15 bor durang natija qayd etgan, 14 uchrashuvda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Ispaniya termasi bilan Pike JCh—2010 va Yevro—2012 musobaqalarida g‘olib bo‘lgan.
Izoh (0)