• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatida surxondaryolik yigit 2 ishchisini otib qo‘ygan dam olish maskani faoliyati o‘rganildi

    Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 12-iyul kuni surxondaryolik Akobir Ro‘zimboyev pnevmatik to‘pponchadan dam olish maskanining 2 ishchisini jarohatlagan. Ro‘zimboyev qochib ketgan. IIV unga nisbatan qidiruv e’lon qilgan. “XXI asr” nashri muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rganish uchun “Toshkent dengizi” deb ataluvchi Tuyabo‘g‘iz suv omboriga borgan va dam olish maskanidagi holatni o‘rganib, uning abgor ahvoli haqida tanqidiy maqola tayyorlagan. Maqola Uz24 tomonidan e’lon qilingan. Quyida maqolani to‘liqligicha e’tiboringizga havola qilamiz.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    Suv ombori hududiga kirib borganimizda, tushdan so‘ng soat 15:00 bo‘lishiga qaramay, jazirama kuydirar, quyuq daraxtzor oralab salqin sohilga yaqinlashishga oshiqardik. Soya bo‘lsa-da, negadir ob-havo dimiq, bo‘g‘iq edi.

    Oldi-atrofimiz tumonat odam, mashina kirish joyida “stoyanka” uchun bir yigit pul undirardi. O‘ng tarafda bir-biriga qarama-qarshi, oldinma-keyin tartibsiz qurilgan so‘rilar. Supalarning atrofi eski gazlamalar yoki klyonkalar bilan o‘ralgan. Ko‘rpa-to‘shak, yostiqlarni-ku aytmasa ham bo‘ladi, hatto yamoq ham solinmagan.

    So‘rilarni narxini surishtirdik. Kechga yaqin borganimiz uchunmi, mijoz biroz siyraklashgan ekan. Yosh yigit uch-to‘rt soat uchun 30 ming so‘mga bitta supa ajratib berishini aytdi.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    Atrofga nazar tashlaymiz. Klyonkalar, so‘ri tagida uyilib yotgan ashqol-dashqollar – axlat tiqilgan selofanlar, bijg‘ib yotgan pivo baklajkalari, aroq shishalari... O‘sha tarafga sal yaqinroq yursangiz, qo‘lansa hid dimoqqa uradi. Daydi it-mushuklar esa ochiq qolgan bir idishni hidlab, ichini yalardi. Tarvuz va piyoz po‘choqlari, qoramol suyaklari so‘ri osti yaqin orada supurilmaganini aytib turibdi.

    Hamma xizmatlar uchun o‘zi bilganicha narx belgilaydi, tartib masalasida birov g‘ing demaydi.

    Maskan “Parizod Omad” MChJga qarashli bo‘lib, har bir ijarachining sanitar-epidimeologik holati tekshiriladi. Har kuni emas-u, onda-sonda. Mijozlarni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun spirtli ichimliklar ham sotiladi. Albatta, bu yer bugungi kun talablariga javob bermasligi va tez orada qaytadan qurilishi haqidagi gap-so‘zlar bor. Ijarachilardan birining so‘zlariga ko‘ra, yoz mavsumi uchun “Parizod Omad”ga 5 million so‘m to‘lab qo‘yilgan. Odam esa faqat dam olish kunlari ko‘proq, boshqa paytlari kimdir kelishini kutib o‘tirishadi.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    – So‘rilarda sharoit yaxshi emas, – deydi dam oluvchilardan biri, samarqandlik Obid Olloyorov. – Qo‘shni supalardan turli gap-so‘zlar eshitilib qolarkan. Urush-janjal shundan chiqadi.

    Ishchilarning aytishicha, surxondaryolik yigit ham joy talashib ishchilar bilan urishib ketgan.

    Cho‘milish hududida bolalar uchun mo‘ljallangan alohida muhofaza hududi yo‘q, qutqaruv xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan. Ayollar ham, bolalar ham, mast-alast kishilar ham aralash-quralash bo‘lib suvga sho‘ng‘imoqda. Turli xil oqindilar, dam oluvchilarning o‘ta bepisandligi, ekologik madaniyatga e’tibor qilmaslik oqibatida suv ifloslangan.

    O‘rtachirchiq tuman hokimining kichik sanoat zonalari, investitsiya va turizm bo‘yicha o‘rinbosari N.G‘afforovaning ma’lum qilishicha, dam olish maskani infratuzilmasini yaratish maqsadida xitoylik investorlar bilan qiymati 20 million dollarga teng shartnoma tuzilgan. Loyiha baliqchilik va qisqichbaqachilik bo‘yicha maxsus hudud va zamonaviy tipdagi tematik park barpo etish kabi ikki yo‘nalishdan iborat.

    10.08.2018, 14:42   Izoh (0)   48143
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda uy egasi pichoq bilan qurollangan niqobli bosqinchini IIBga topshirdi

    10.08.2018, 14:13

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yozuvchilar uyi bilan tanishdi

    10.08.2018, 13:43

    Toshkent shahrining Bunyodkor ko‘chasidagi ko‘prik ochildi (foto + video)

    10.08.2018, 12:45

    O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi

    10.08.2018, 12:16

    Stokgolmdagi terakt bo‘yicha qamalgan Rahmat Oqilovga turmada bir mahbus hujum qildi

    10.08.2018, 11:13

    “Daryo”ga murojaat qilgan nogiron bolali samarqandlik ayolning muammosi bir kunda hal bo‘ldi

    10.08.2018, 10:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi tarixiy obidalar bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 21:06

    Germaniyada Rossiyaning NATOga a’zo bo‘lish g‘oyasi haqida maxfiy hujjatlar e’lon qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 20:40

    Yupiterning paydo bo‘lishi meteoritlarning o‘zgarishiga olib kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 25 avgust, 20:30

    O‘zbek muhojirlari Boltiqbo‘yi davlatlaridan pul yuborishni keskin ko‘paytirdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 20:20

    Suriya prezidenti ash-Shara’a BMTda nutq so‘zlaydi

    Dunyo | 25 avgust, 20:05

    Tramp ABC va NBC telekanallarining efir litsenziyalarini bekor qilishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

    Dunyo | 25 avgust, 19:50

    Suriya va Isroil o‘rtasidagi xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuvning yangi tafsilotlari oshkor qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 19:37

    Ukraina va AQSH vakillari Rossiya tomoni bilan bo‘lajak tinchlik muzokaralaridan oldin uchrashmoqchi

    Dunyo | 25 avgust, 19:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.