Yaman shimolidagi Sa’da shahrida bolalar o‘tirgan avtobus Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan berilgan aviazarba ostida qoldi, deb yozadi Meduza Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasiga tayanib.
Bombardimon natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan va yaralangan.
Tashkilot qurbonlar va yaradorlarning aniq sonini keltirmayapti, faqat ularning katta qismi 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar ekanligini ta’kidlamoqda.
BBC News mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘lgan va 61 kishi yaralangan.
Koalitsiya vakillari qayd etishicha, aviazarba haqiqiy nishoni bo‘lgan isyonchi xusiylar qurbon bo‘lgan bu bolalardan “jonli qalqon” sifatida foydalangan.
Izoh (0)