• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Jahongir Ahmedovdan kutilmagan film, janrdagi yangilik va e’tirozlar”. “Islomxo‘ja” badiiy kengashdan qanday o‘tdi?

    Rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy, badiiy-publisistik filmi “O‘zbekkino” MA badiiy kengashidan o‘tdi.

    Foto: Jahongir Ahmedov arxivi.

    Foto: Jahongir Ahmedov arxivi.

    Jurnalist Feruz Muhammad tarixiy film yangi badiiy kengash a’zolari tomonidan qanday baholanganligi, filmning yutuq va kamchiliklari nimadan iborat ekanligi bilan qiziqib, kengash a’zolariga murojaat qildi.

    Bizda tarixiy film ishlash an’analari bor edi-yu, ammo tajribalari unutilib ketgan edi. Oxirgi bizda chiqqan tarixiy film bu “O‘tkan kunlar” filmidir. Undan buyog‘iga albatta hujjatli filmlar qilindi, ammo “Islomxo‘ja”dek mashtabli ish qilinmagan edi. Ayni vaqtda “O‘zbekkino”ning rejasida “Islomxo‘ja”ga o‘xshagan yirik loyihalar bir talay va ularning ko‘pchiligi badiiy kengash muhokamasidan o‘tib, ishga tushirilgan.

    “Islomxo‘ja” filmining o‘ziga xosligi shundaki, aslida bu film hujjatli, badiiy-publisistik, ammo rejissor filmi badiiyga ko‘chirgan. Juda bir o‘ziga xos yo‘l tutilgan, men bunaqa filmni kam ko‘rganman, shakl jihatidan ham o‘ziga xos va yaxshi ishlangan film bo‘libdi. Bu film avvalo janr jihatidan ham, janrga yondashuv jihatidan ham yangilik bo‘lgan. Chunki hujjatli filmlarni ko‘p ko‘rganmiz, u filmlar asosan gap bilan, olimlarning intervyulari bilan yuzaga kelardi. Yo‘q, bunda asar boshdan oyoq sahnaga ko‘chirilgan, lekin ayni chog‘da ilmiy mulohazalar, tarixga yondashuv ham beriladi. Masalan, ilmiy mulohazalar berishda muzeyning keksa tarixchi olimi va yosh tadqiqotchining bahslari asos qilib olingan.

    Xivadagi chiroyli manzaralar, Islomxo‘ja zamonidagi tarixiy sahnalarni ko‘rsatib berish uchun juda ham katta mehnat qilingan. Bu film ijodkorlari har qanday ardoqqa arziydi, men filmni bunchalik bo‘lishini kutmagan edim. Bu film Jahongir Ahmedovning biografiyasida ham juda katta o‘rin tutadigan film bo‘ladi. Jahongir Ahmedovning shunday bir jiddiy mavzuga qo‘l urgani va buni shu qadar jiddiy va nihoyatda zo‘r muvoffaqiyat bilan maydonga olib chiqqani bu yigitning katta yutug‘idir.

    Har qanday mukammal asarga ham e’tirozlar bo‘ladi. Masalan badiiy kengash a’zolari tomonidan Asfandiyorxon obrazi filmda biroz bo‘shangroq, irodasiz, siyosiy o‘yinlarga qarshi turib bera olmaydigan xon sifatida namoyon qilishgani uchun e’tiroz bo‘ldi. Endi har bir tarixiy shaxsning yaxshi va yomon tomonlari bo‘ladi. O‘sha shaxsning sizga yoqqan biror bir jihati bilan asar g‘oyasining sizga kerakli bo‘lgan jihatini bo‘rttirib ko‘rsatasiz, ba’zi bir kamchiliklarini esa yashirib ko‘rsatasiz, bu tarixiy haqiqatga doimo mos kelmasligi mumkin.

    Men mana shunday yosh bir ijodiy jamoa, bizning madaniyatimizga, bizning kinomizga shunaqa hafsala bilan, did bilan yaxshi mahsulot beradi, bunchalik asar yuzaga keladi deya kutgan emasman.

    Erkin A’zam, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “O‘zbekkino” MA badiiy kengashi a’zosi

    Foto: Jahongir Ahmedov arxivi.

    Foto: Jahongir Ahmedov arxivi.
    “Islomxo‘ja” degan tarixiy shaxsni avval vikipediyada o‘qiganmiz xolos, film ijodkorlari bu shaxsni to‘la ochib bergan. Filmda XX asr boshlaridagi Xiva xonligi juda ham yuqori saviyada ko‘rsatib berilgan. Aktyorlar mahorati, film musiqasi, operatorlik ishi, rassomlik ishi, rejissor yondashuvi, film ssenariysi xullas tarixiy, badiiy-publisistik filmning yo‘lini juda to‘g‘ri topishgan.

    Bilsangiz kerak, men aslida kamdan kam holatlarda o‘zbek kinolarini maqtayman, ochig‘i bunchalik film ishlashadi deb kutmagan edim. Yana bir xursand bo‘layotgan jihatim shuki, bu film prezidentimizning qarorlaridan so‘ng, yangi rahbariyatning ilk taqdim qilayotgan filmidir. Bu film prezidetimizning bergan savollariga, bergan topshiriqlariga ma’lum bir darajada labbay deya javob berdi.

    Avvalo Jahongir Ahmedov boshliq film jamoasini, “O‘zbekkino” MA rahbariyatini hamda barcha kinochilarning shu film orqali yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Juda ham cho‘chiyotgan edim, chunki “shuncha imkoniyat yaratib bersak ham, eplay olmadilaring”, degan gap ham bo‘lishi mumkin edi. Juda katta bir ish qilingan, men astoyidil xursandman, sizlar orqali filmning ijodiy jamoasini yana bir bor tabriklayman.

    Jahongir Qosimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “O‘zbekkino” MA badiiy kengashi a’zosi

    Foto: Jahongir Ahmedov arxivi.

    Foto: Jahongir Ahmedov arxivi.
    Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” filmini nihoyatda berilib, astoyidil mehnat qilib suratga oldi. Film prodyuseri, “Ezgu film” kino studiyasi rahbari Zafar Yo‘ldoshev ham barcha ishni tashkillashtirib berishda astoyidil bel bog‘lab, dastlabki davrda hali filmga mablag‘ ajratilib ulgurmagan vaqtda, filmga o‘zidan pul tikib, filmning dastlabki tayyorgarliklarni boshlanishiga katta yordam berdi.

    Jahongir filmning ssenariysi bo‘lishiga qaramay, Sankt-Peterburgga, Xivaga borib arxivlarni o‘rgandi. Men Jahongir Ahmedovni ushbu mavzuni o‘rgangan tadqiqotchilardan kam ko‘rmayman. Meni nazarimda rejissor tanlagan mavzusiga birinchi navbatda ana shunday tadqiqotchi sifatida, ichidan o‘rganib, uni hamma katta-kichik jihatlarini jiddiy tahlildan o‘tkazib o‘rgansa, bu ishning eng katta muvaffaqiyati bo‘ladi. Jahongir shunday ishni qildi, Jahongir bilan har safar suhbatlashganimda mavzu haqida, uning atrofidagi voqealar, jamoasinining gaplarini  eshitib, ularga juda ishonib, albatta bu yigit bir joydan yorib chiqadi deb o‘ylab yurgandim va shunday bo‘ldi. Kutganimdek “Islomxo‘ja” filmi ishonchimni oqladi.

    Ikkinchi bir tomoni, menga bu filmdagi eng muhim jihati va filmning yutug‘i shu bo‘ldiki, filmda bir qancha el tanigan aktyorlar rol ijro etgan. Bular Ulug‘bek Qodirov, Alisher Uzoqov, Asal Shodiyeva singari bir qancha aktyor va aktrisalardir. Bungacha bu aktyorlar maishiy, yengilroq, sayoz filmlarda har xil, yarashgan va yarashmagan rollar o‘ynab, qobilyatlarini ko‘rsata olmayotgan edilar. “Islomxo‘ja” filmida bularning hammasi jiddiy-jiddiy rollarga jalb qilinib, shunday bir qiyofada ko‘rinishganki, bu aktyorlar o‘zlarining yangi tomonlarini ko‘rsatib, iste’dodli aktyorlar ekanligini, shu vaqtgacha bu ijodkorlar ma’lum bir ma’noda o‘zining rolini topa olmayotganini his qildik. Endidan ularga bemalol katta-katta, jiddiy rollarni topshirish, odamlar tasavvuridagi yengil-yelpi, sayoz filmlardan tamomila boshqa katta miqyosdagi rollarga yo‘naltirish mumkin ekanligini tushundik. Bu filmning ikkinchi eng katta yutug‘idir.

    Bu film yoshlarimiz tomonidan qiziqib ko‘rilsa, o‘ylaymanki ko‘riladi ham. Chunki ularning ajdodlarimiz orasida shunaqa bir buyuk insonlar borligini, buyuk islohotchi, ma’rifatparvar insonlar borligini his qilishi nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Yoshlarga shunday ma’rifatparvar ajdodlarimizni na’muna qilib ko‘rsata olmasak, ularning qalbidan Shvarseneggerlar joy oladi. Mana shu ma’noda film o‘zining missiyasini bajargan deb o‘ylayman.

    Shuhrat Rizayev, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, adabiyotshunos

    07.08.2018, 15:08   Izoh (0)   30971
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bosh rollarda Adiz Rajabov hamda Madina Talipbek”. “Sarviqomat dilbarim” filmining tasvirga olish ishlari Qirg‘izistonda davom etadi (foto)

    05.08.2018, 17:13

    O‘zbekistonda detektiv-triller janridagi “Maqsad” nomli film suratga olindi

    29.07.2018, 17:06

    O‘zbekiston kinoteatrlarida filmlar onlayn namoyish etiladi

    28.07.2018, 18:27

    Bred Pitt o‘z dugonalarining tashqi ko‘rinishiga taqlid qilishi aniqlandi (foto)

    28.07.2018, 07:21

    Zafar Hoshimov Gollandiyada otilgan 101 o‘zbekka bag‘ishlangan filmga qo‘shgan hissasidan mamnunligini bildirdi

    27.07.2018, 10:08

    2020-yilda Toshkentda Rossiya kinematografiya instituti — VGIK filiali ochilishi mumkin

    25.07.2018, 20:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.