O‘zbekistonlik professional bokschi, jahonga mashhur Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjarbek Rahmonov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi, deb yozadi “Olamsport”.
Sanjarga amerikalik Markus Taylor raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang Las-Vegas shahridagi Sam’s Town Hotel & Gambling Hall’da bo‘lib o‘tdi. To‘liq davom etgan jang yakunida hakamlar g‘alabani amerikalik bokschiga taqdim etdi. Sanjar Rahmonov ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchradi. Bu uning prof ringdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Ma’lumot uchun Rahmonov bungacha professional ringdagi faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongandi (5 tasi nokaut bilan). Bitta to‘qnashuvda esa durang qayd etgan. Taylor esa prof ringda 10 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 9 tasida g‘alabaga erishgan. Bitta jangda esa mag‘lubiyatga uchragandi.
Izoh (0)