Kembrij universiteti olimlari Mayya sivilizatsiyasining yo‘q bo‘lib ketish sabablarini aniqladi. Bu haqda “Argumenti nedeli” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Mayya sivilizatsiyasi davomiy qurg‘oqchilik tufayli zavolga yuz tutgan. Yog‘ingarchilik kamayib, havoning namlik darajasi 7 foizga tushgan.
Kembrij universiteti olimlari suv tarkibidagi izotoplarni hisoblash metodini kashf qilgan. Ushbu metod yordamida tadqiqotchilar sivilizatsiyaning siyosiy va iqtisodiy tanazzulining sabablarini aniqlagan. Olimlar Chichankanab ko‘lining tubini tadqiq qilish davomida hududda qurg‘oqchilik bo‘lgani haqida xulosa qilgan. Tadqiqotlar Yukatan yarimoroli va Meksikaning janubiy hududlarida 5 marta yirik qurg‘oqchilik bo‘lgani, ularning har biri o‘nlab yillar davom etganini aniqlagan. Bu holat mintaqada urushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
Izoh (0)